A+ A-

Muzeyda davra suhbati o'tkazildi

2010-yil 12-mart kuni muzeyda “Barkamol avlod yili” munosabati bilan “Qatag’on yillarida ayollar va bolalar taqdiri” mavzuidagi davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida qatag’on yillarida jabr ko’rgan shaxslarning farzandlari qatnashib, o’z o’tmishlari bilan bo’lishdilar. Tadbir davomida tarixchi olimlar va talaba yoshlardan berilgan savollarga javoblar berib ayanchli xotiralarini yana bir bor esladilar.