A+ A-

14-Yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"

2018-yil 13-yanvar kuni muzeyda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom Universiteti qoshidagi akademik litsey bilan hamkorlikda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlab “Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida Milliy armiyaning shaklantirilishi va takomillashtirilishi” mavzusidagi ma’naviy – ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni muzey ilmiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Murod Fayzullayevich ochib berdi. Tadbirda muzey voiz ekskursavodlar rahbari Erkin Ganiyevich “O’zbekiston milliy harbiy qismlarining tashkil etilishi va ularning ayanchli taqdiri (1918-1940-yillar)” nomli hamda Toshkent islom Universiteti qoshidagi akademik lisey tarix fani o’qituvchisi Abduvali Abdumutalibovich “O’zbekiston milliy Qurolli Kuchlarining shakllanishi: tarix va hozirgi zamon” mavzusida ma’ruzalar qildilar.

Shuningdek ishtirokchilarga muzey arxiv fondida saqlanayotgan “Qurolli Kuchlar tashkil etilishi jarayoni (1991-1992-yillar)” nomlihujjatli film namoyish etildi.

Tadbir so’ngida qatnashchilar muzey ekspozisiyalari bilan tanishdilar.