A+ A-

Mahmudxo’ja Behbudiy

Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludining 140 yilligi oldidan

2014-yil 3-aprel kuni “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi tomonidan “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi bilan hamkorlikda “Mahmudxo’ja Behbudiy merosining milliy g’oya targ’ibotidagi ahamiyati” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Anjumanda O’zR Fanlar akademiyasining vise-prezidenti, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Rayosati raisi, Respublika ma’naviy targ’ibot markazi raisi, Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini muvofiqlashtirish markazi, O’zR FA Tarix instituti, O’zR FA Til va adabiyot instituti, O’zbekiston badiiy akademiyasi, O’zbekiston matbuot va axborot agentligi, O’zbekiston jurnalistlari uyushmasi, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O’zbekiston Musulmonlari idorasi, O’zbekiston tarixchilar jamiyati, “O’zbekkino” va “O’zbekteatr” birlashmalari, “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi”, “Teatr” jurnallari, “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Ma’rifat” gazetalari bosh muharrirlari, M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston davlat universiteti, Toshkent islom universiteti, Andijon davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o’qituvchilari, stajyor-tadqiqotchilari, magistrlari va talabalari, “Shaxidlar xotirasi” jamoat fondining viloyatlar bo’limlari vakillari, tarixshunos, adabiyotshunos, huquqshunos olimlar ishtirok etdilar. Anjumanda M.Behbudiy va zamon, islohotchilik harakati, M.Behbudiy faoliyatining o’rganilishi tarixi va uning ilmiy ahamiyati, M.Behbudiy ijodida Milliy istiqlol g’oyasi, M.Behbudiy faoliyatida maktab masalasi, M.Behbudiyning ma’rifiy qarashlari haqidagi masalalar muhokama qilindi.

Anjuman ishtirokchilari f.f.d., professor N.Karimovning “Mahmudxo’ja Behbudiy – erk va hurriyat muborizi”, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, f.f.n. Sh.Rizaevning “Behbudiy va teatr”, s.f.n. S.Ahmedovning “M.Behbudiyning o’zbek adabiyoti va san’ati rivojidagi o’rni va roli”, t.f.n. N.Mustafaevaning “Mahmudxo’ja Behbudiyning ijtimoiy-siyosiy va madaniy qarashlari”, Buxoro davlat universiteti dosenti, yu.f.n. M.Ergashevaning “Mahmudxo’ja Behbudiy – qozilar faoliyati va ularning huquqiy maqomi to’g’risida”, Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston davlat universiteti dosenti A.Kudiyarovning “Iz istorii prosvetitelskoy raboti v Karakalpakii” mavzularidagi ma’ruzalarini katta qiziqish bilan tingladilar. Anjuman nihoyasida qizg’in fikr-mulohazalar almashinildi va muxim ilmiy hulosalar qayd etildi.