A+ A-

Qalblarda mangu qolgan insonlar

2019 yil 7 may kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yunusobot tumani bo’linmasi bilan hamkorlikda 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g’alabaning 74 yilligiga bag’ishlangan “Qalblarda mangu qolgan insonlar” mavzuida bayram tadbiri o’tkazildi.


Unda urush va mehnat faxriylari, Afg’on urushida xalok bo’lgan o’zbek askarlarining oila a’zolari, talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni Muzey direktori, t.f.d., prof. B.Hasanov tabrik nutqi bilan ochib berdi.

Ishtirokchilarga “Tinchlik sohili” hujjatli filmi namoyish etildi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi 274- va 96-sonli umumta’lim maktablari o’quvchilari hamda 175-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarning badiiy chiqishlari ko’rsatildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yunusobod tuman bo’linmasi rahbari A.Mahkamov barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, faxriylar va Afg’on urushida xalok bo’lgan o’zbek askarlarining oila a’zolariga esdalik sovg’alarini topshirdi.