A+ A-

O’tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash bizning insoniylik burchimizdir

2019-yil 8-may kuni soat 11.00 da Muzeyda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda 9-may ­ Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan “O’tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash bizning insoniylik burchimizdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda respublikada faoliyat ko’rsatayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdilar.

Institutning ma’naviy va ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Alisher Zakirov kirish so’zi bilan tadbirni ochib berdi.

Muzey direktori, t.f.d., professor Baxtiyor Hasanov ishtirokchilarga “Mustaqillik yillarida O’zbekistonda tarixiy adolatning tiklanishi va shahidlar xotirasining abadiylashtirilishi” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatiga oid videorolik hamda “Hiyobon” musiqali klipi namoyish etildi.

Ishtirokchilarning muzey bo’ylab ekskursiyasi bilan tadbir yakunlandi.