A+ A-

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi va Toshkent davlat pedagogika universiteti Harbiy ta’lim fakulteti bilan hamkorligida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab “Inson qadri ulug’, xotirasi muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir 2019-yil 8-may kuni soat 14:00 da O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida bo’lib o’tdi.

Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami, Vatanimiz ozodligi va sha’nu-sharafi himoyachilariga bug’ishlab butun mamlakatimiz bo’ydab o’tkazilayotgan uchrashuvlar va ma’rifiy, badiiy kechalarga hamohang tarzda urush qatnashchilarining shonli hayot yo’llarini yosh avlodga yana bir o’rnak qilib ko’rsatishdan iboratdir.

Tadbir davomida Qonunchilik palatasi deputatlari To’lqin Karimov hamda Oybek Mamarahimovlar qatag’on qurbonlari xotirasi, shuningdek porloq kelajagimizni fashizimdan himoya qilish maqsadida bosib o’tilgan yillardagi xalqimizning qahramonligi va fidokorona mehnatlari haqida to’lqinlanib gapirib berdilar.

Yoshlar esa o’z o’rnida, bobolarning qahramonligi ular uchun katta hayot maktabi ekanligini, ushbu tinch osoyishtakunlarning qadriga yetishlari lozimligi haqida tengdoshlariga murojaat qildilar.

Ishtirokchilarni Muzey ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Murod Zikrullaev qizg’in tabrikladi. Muzey faoliyatiga oid videorolik hamda “Hiyobon” musiqali klipi talaba yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Davra suhbati yakunida fahriylar tadbir tashkilotchilar tomonidan esdalik savg’alari bilan taqdirlandilar.