A+ A-

Quyi Zarafshon vohasi

2019-yilning 25-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyida “Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari masalalarini o’qitishning samarali usullari” mavzusidagi Respublika ilmi-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

Anjuman Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bo’ylab ekskursiya o’tkazish bilan boshlandi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori B.Hasanov, ilimiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Zikrullayev, arxiv va fond bo’limi rahbari D.Fayzullayev, hududlardagi oliy ta'lim muassasalari tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari direktorlari va soha bo‘yicha mutaxassis olimlar, talabalar shuningdek, harbiy soha vakilliari ham ishtirok etishdi.

Anjumanning yalpi majlisi davomida Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, tarix fanlari doktori, professor R.Shamsutdinov, Buxoro davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori S.Inoyatov, tarix fanlar doktori, professor Q.Rajabov, Nukus davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent A.Kudiyarov va boshqa professor o’qituvchilar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ilmi-amaliy anjuman yig’ilganlarning fikr-mulohazalari bilan o’z ishini tamomladi.