A+ A-

.

Bundan 81 yil avval, ya’ni 1938-yil 4-oktyabr kuni SSSR IIXK huzurida tashkil etilgan “uchlik” tomonidan o’zbek milliy ziyolilari ustidan sud boshlangan sana. Ma’shum “uchlik” sudi 1938-yil 16-oktyabrgacha davom etdi va shu kunlar davomida 507 nafar o’zbekistonlik davlat arboblari, olimlar, shoirlar, madaniyat va san’at darg’alari, muhandis va tibbiyot xodimlari, xullas o’zbek ziyolilarining eng sara, eng ilg’or namoyandalari mahv etilgan.

2019-yil 5-oktyabr kuni O’zR VM huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va MTDP Markaziy Kengashi tomonidan partiyaning faollari ishtirokida ushbu sanaga bag’ishlangan xotira tadbiri o’tkazildi.

Tadbir “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasidagi qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan ramziy qabr oldida ajdodlarimiz ruxini xotirlashdan boshlandi.

Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi binosi oldida uyushtirilgan mitingda Muzey direktori B.Hasanov hamda MTDP Markaziy Kengashi raisi A.Qodirovlarning nutqlari tinglandi.