A+ A-

.

2020-yil 11-yanvar kuni muzeyda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” bilan hamkorlikda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan muzeyda “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafoloti” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

11.01.2020

11.01.2020

11.01.2020

Tadbirga taklif qilingan Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi umumta’lim maktablari o’qituvchi va o’quvchi yoshlariga Milliy gvardiya qoshidagi harbiy orkestrning chiqishlari, Milliy gvardiyachilarning jangovor ko’rinishlari, shuningdek, “Temuriylar maktabi” o’quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish qilindi. Ishtirokchilarga muzey direktori B.Hasanov tabrik so’zi so’zladi.

11.01.2020


11.01.2020

11.01.2020

Tadbir so’ngida barcha ishtirokchilarga muzey bo’ylab ekskursiya uyushtirildi.