A+ A-

YANA BIR BAYRAM TADBIRI O’TKAZILDI

2020-yil 15-yanvar kuni O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab “Milliy armiyamiz – g’ururimiz, iftixorimiz” shiori ostida yana bir ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Unda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o’qituvchilari, talaba yoshlari ishtirok etdilar. Muzey direktori t.f.d., professor Baxtiyor Hasanovning Vatanimiz tarixi, xususan Milliy armiyamizning tashkil etilishi tarixi bilan bog’liq ma’ruzasi va tabrik so’zidan so’ng ishtirokchilarga Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining faoliyati bilan kengroq tanishtirish maqsadida “Yillar sarhisobi. 2008-2019” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Shundan so’ng talabalarga “Milliy gvardiya millat manfaatlari himoyasida” hujjatli filmi ko’rsatildi.

Tadbir so’ngida O’XIA “Din sosiapsixologiyasi” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, “Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA” kafedrasi mudiri Saidakbar Agzamxodjaev, shuningdek, bir qator talabalar o’z tabriklari hamda fikr-mulohazalarini izhor qildilar.

Barcha ishtirokchilarga muzey bo’ylab ekskursiya uyushtirildi.

15.01.2020


15.01.2020


15.01.2020


15.01.2020