A+ A-

Xalqaro muzeylar kuni


O’zining fidokorona mehnati bilan millat yuksalishi, jamiyat ravnaqi,

yosh avlodni Mustaqil O’zbekistonning milliy g’oyasi ruhida tarbiyalanishda munosib hissa qo’shib kelayotgan

hurmatli hamkasblar, muzeylarimizning zahmatkash xodimlari

Bayram muborak bo’lsin!

Sizga ma’lumki, har yili 18-may kuni butun dunyoda muzey xodimlari, muzeyshunoslar tomonidan “Xalqaro muzeylar kuni” nishonlanadi. Bu bayram 1977-yilda Xalqaro muzeylar kengashining navbatdagi yig’ilishida ta’sis etilgan. 1978-yildan boshlab bu sanani dunyoning 150 dan ortiq davlatlari bayram sifatida nishonlay boshlagan.

Xalqaro muzeylar kengashi, ya’ni ICOMning e’tirof etishicha – muzeylar jamiyat uchun va uning taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi institutlar sanaladi. Shuning uchun ham muzeylar jamiyatda o’z o’rnini egallashi va jamoatchilik uchun ochiq bo’lishi lozim. Aytish mumkinki, muzeylar orqali jamiyat o’zining tarixiy-madaniy merosga bo’lgan munosabatini izxor etadi. Muzeylar moddiy va madaniy meros yodgorliklarini jamlab, saqlagan holda juda keng ko’lamda ilmiy-tadqiqot va ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.

Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi yillarda muzeyshunoslik sohasining rivojiga, respublikamizdagi muzeylarning zamonaviy talabalarga mos tarzda takomillashtirilishiga alohida ahamiyat berilayotganligi ham bejiz emas, albatta. Zero, MUZEYlar – insonlarning ma’naviy yuksalishi, ular orasida tinchlik, hamjixatlik va hamkorlikning mustahkamlanishida, shubhasiz, muxim omil sanaladi! Muzeylar sharofati bilan har birimiz betakror va boy, maftunkor va jozibali madaniy hamda ma’naviy merosimizdan bahramand bo’la olamiz, ularni jahon ommasiga faxr va g’urur bilan ko’z-ko’z qila olamiz.

Bugun biz o’zining kasbiy faoliyati yoki bo’lmasa qalb amri bilan muayyan darajada muzeylarga bog’liq bo’lgan insonlarni bayram bilan samimiy tabriklaymiz!

Butun dunyo xalqalari boshidan kechirayotgan ushbu sinovli davlarda ham turli usullar bilan, imkoni qadar xalqimizga ma’naviy-madaniy ozuqa va ruhiy dalda berishdan tinmayotgan kasbdoshlarimizga mustaxkam sog’liq, oilaviy baxt va farovonlik, ijodiy, ilmiy, ta’limiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!