A+ A-

HUDUDIY MUZEYLAR

Muzeyda 2018-yilning 24-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi rahbariyati hamda Hududiy oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeylari direktorlari va mas’ullarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilish “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuini ziyorat qilish, qatag’on qurbonlari xotirasi uchun qo’yilgan ramziy qabr oldida o’tganlar ruhini yod olish bilan boshlandi.

So’ngra muzey direktori Bahtiyor Vaxapovich Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozisiyasi bilan tanishtirib, hududiy muzeylar ekspozisiyalarini yaratishda nimalarga e’tibor qaratish, nimalarni namoyish etish, axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan qay tarzda foydalanish masalalari bo’yicha master klass darsini o’tkazdi.

Muzey ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Murod Fayzullayevich hududiy muzeylar ekspozisiyalarining ilmiy konsepsiyasi va mavzuli rejalarini tayyorlashga oid uslubiy ko’rsatmalar berib o’tdi.

Hududiy oliy ta’lim muassasalari tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish bo’yicha bajarilgan ishlarning holati to’g’risida esa muzey umumiy ishlar bo’yicha diretor o’rinbosari Yusuf Habullayevich tushintirishlar berdi.

Muzey fondlarini shakllantirish, ashyolarni qabul qilish hamda ilmiy hujjatlashtirish jarayonlari bilan muzey arxiv bo’limi boshlig’i Abduvali Abdumutalibovich so’zga chiqdi.

Tadbir davomidamuzey yetkachi mutaxassisi Ra’no Fathullayevna muzey tomonidan tayyorlangan media mahsulotlaridan na’munalarini namoyish etdi.

Tadbir so’ngida ko’rilgan masalalar bo’yicha fikr-mulohazalar almashinildi.