A+ A-

Kitob taqdimoti


2019-yilning 25-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining katta majlislarzalida 2018-yildaO’zR VM Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi tomonidan nashr etilgan “Tarixning noma’lum sahifalari” davriy nashrining 8-kitobi, “Munavvar qori Abdurashidxonov Turkistontaraqqiyparvarlarining sardori”, “Cho’lpon va uning adabiy merosi” nomli ilmiy maqolalar to’plamlari, “Mahmudxo’ja Behbudiy” tanlangan asarlari (2 tomlik) kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirdan maqsad muzey jamoasining so’nggi yillarda amalga oshirgan ilmiy faoliyati xususida keng jamoatchilikka axborot yetkazish bo’ldi.

Anjumanda taniqli professor olimlar, davlat va jamoat arboblari, talaba yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, “Tarixning noma’lum sahifalari” to’plamining 8-kitobida faoliyati yoritilgan sovet qatag’on siyosati qurbonlarining avlodlari ham tashrif buyurdilar. Tadbirga taklif etilgan olimlarning ilmiy ma’ruza va axborotlari, sovet qatag’on siyosati jabrdiydalari bo’lgan insonlarning o’z kechmishlari haqidagi xotiralari, shubhasiz totalitar tuzumning mohiyatini anglash, uning siyosiy, ijtimoiy, adabiy va falsafiy jihatlarini tadqiq qilish, tarixiy jihatdan to’g’ri xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.