A+ A-

Murojatingizni qoldiring

Hurmatli foydalanuvchi! Sizga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi rahbariyatiga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Rasmiy murojaatingizda quyidalarga e’tibor berishingizni so’raymiz: 1. Jismoniy shaxslarning murojaatida uning ismi-sharifi, yashash manzili aniq ko’rsatilgan bo’lishi va murojaatning mohiyati bayon etilishi shart. Yuridik shaxsning murojaatida tashkilotning to’liq nomi, uning yuridik manzili, (electron pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilishi talab qilinadi. 2. Asossiz ma’lumotlardan iborat murojaatlarni taqdim etish mumkin emas. 3. Murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo’lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo’lmagan murojaatlar inobatga olinmaydi. 4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo’yicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo’lsa, ko’rib chiqilmaydi. Murojaatingiz tezkor ravishda hal etilishini istasangiz, mazkur murojaatni lo’nda, oddiy va ravon tilda bayon etishingizni so’raymiz! Mazkur shartlarning barchasi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.