2023-yil 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati apellyasiya instansiyasi tomonidan mustabid sovet tuzumi davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan 208 nafar shaxsga oid 3 ta jinoyat ishlari apellyasiya tartibida ko‘rib chiqildi.
Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan keltirilgan iltimosnomalar va protestlar ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi hamda amaldagi Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha 208 nafar shaxsga nisbatan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati apellyasiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi.