Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

“Yurt va millat fidoyilari doimo yodda va ardoqda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida muzeyning yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Muslimbek Alijonovning “Munavvar insonlar yodi”, muzey ekspozitsiya bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Aziza Axrarovaning “Qatag‘onning achchiq qismati: ayollar va bolalar” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.

Tadbirning alohida e’tiborli jihati shundaki, Toshkent shahri bo‘yicha qatag‘on qurboni bo‘lgan insonlarning 30 ga yaqin avlodi tadbirga taklif etildi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan qatag‘on qurbonlari avlodlari, muzey xodimlari, tarixchi olimlar va ustozlarning bir guruhiga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Scroll to Top
Skip to content