O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi “Qatag’on qurbonlarining merosini yanada chuqur o’rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 5598-sonli Farmoyishi “Yo’l xaritasi”ning 24-bandi ijrosini ta’minlash hamda 2023-yil 31-avgust kuni “Shahidlar xotirasi” xiyobonida Davlat rahbari tomonidan berilgan konseptual fikrlar va topshiriqlardan kelib chiqgan holda xorijiy aloqalarni rivojlantirish uchun 2023-yil 4-oktabrda Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi Qozog’iston Respublikasi Markaziy davlat muzeyi bilan o’zaro hamkorlik “Bitimi”ni imzolagan edi.
Mazkur bitimga ko’ra joriy yilning 28-31-may kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tomonidan Qozog’iston Respublikasi Olma-ota shahridagi Markaziy davlat muzeyida “Turkiston ikki imperiya asoratida: istibdod va qatag’on” mavzusida ko’chma xalqaro fotoko’rgazma bo’lib o’tdi.