"Xalq Konstitutsiyasi - xalq tanlovi" nomli davra suhbati o’tkazildi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi jadal rivojlanayotgan davlat hisoblanadi. Xususan, buni Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida ham kuzatish mumkin. Sababi, O‘zbekistonda Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida aholining, shuningdek, nodavlat-notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etayotganligi sezilmoqda.

Ana shu faollikning yana bir namunasi o’laroq, 2023-yil 30-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Konstitutsiyaviy islohotlarga bag’ishlangan "Xalq Konstitutsiyasi - xalq tanlovi" nomli davra suhbati o’tkazildi. Unda O’zR VM huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, Toshkent shahar kengashi deputati, tarix fanlari doktori professor, Hasanov Baxtiyor Vahapovich, Milliy tiklanish demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi o'rinbosari Ilhom Alimov, Yunusobod tumani kengashi deputati Seytnazarov Azat Qurbanbayevich, Yunusobod tumani hokimiyati Ma’naviyat bo’limi rahbari Qobilov Jasurbek Qahramonovich, tuman Ma’naviyat bo’limi bosh mutaxassisi Charos Xaydarova, bo’lim yetakchi mutaxassisi Humoyun Abduraimov va muzey xodimlari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida konstitutsiyaviy islohotlar xalq manfaatlaridan kelib chiqqanligi, Konstitutsiyaviy loyiha jamiyatning keng qatlamlaridan kelib tushgan takliflar asosida tayyorlangani qayd etildi. Shuningdek, loyihada «Inson – jamiyat – davlat» tamoyilining konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlab qo‘yilishi davlatning jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qilishligi ta’kidlandi.

Jumladan, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar to’g’risida muzey fond bo’limi boshlig’i Fayzullayev Davron Fatxullayevich, muzey kata ilmiy xodimi Alijonov Muslimbek Baxtiyorovich va muzey fond bo’limi muhofizi Quvvataliyech Ubaydulla Begimqulovichlar tomonidan qilingan ma’ruzalarda konstitutsiyaviy loyiha birinchi navbatda, asosiy qonun darajasida inson huquqi va qadr-qimmatini himoya qilish kafolatlari, uning ijtimoiy himoyasi va iqtisodiy farovonligi mustahkamlanadigan Yangi O‘zbekiston qurilishiga qaratilganligi qayd etildi.


​​​​​​​