“Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari” xalqaro forumi bo’lib o’tdi.

2023-yil 25-26 may kunlari O’zbekiston Resbuplikasi madaniy meros agentligi tashabbusi bilan “Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari” xalqaro forumi bo’lib o’tdi.

Forum Samarqand shahridagi “Ipak yo’li” xalqaro turizm universitetida Forumning ochilish marosimi bilan boshlandi.

Unda “Muzeylar-madaniy merosning muhim manbai: an’analar va yangilanishlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiya davomida yurtimizda muzeyshunoslik hamda arxeologiya sohalaridagi mahalliy hamda xorijiy olimlarning tatqiqotlari va sohadagi yangi tajribalar to’g’risida ma’ruzalar qilindi.

Forum 26- may kuni o’zining ikkinchi kuni faoliyatini O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi binosida davom ettirdi. Unda “Samarqand muzeyi durdonalari turkumidan” nomli ko’rgazma ochilish marosimi hamda “Buyuk ipak yo’li” tadqiqotlari ko’p jildlik kotalog taqdimodi bo’lib o’tdi.