Rahbariyat

Ahmedov Sirojiddin Ubaydullayevich

Ekspozitsiya bo'limi mudiri

Ahmedov Sirojiddin Ubaydullayevich 1944-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati o’zbek. 1974-yil Toshkent teatr va rassomlik san’at institutini tamomlagan. Ma’lumoti oliy. San’atushunoslik fanlari nomzodi (1999-yil).  2000-yil “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi”, 2006-yil “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil” nishoni bilan mukofotlangan.

 

 

Faoliyati:

1967-1970 yy. - “Hamza” nomli drama teatri administratori

1970-1972 yy. - “Hamza” teatri muzeyi mudiri

1972-1976 yy. - “Mehnat va turmush” jurnali tahririyati xodimi

1976-1977 yy. - “Mehnat va turmush” jurnali tahririyati bo’lim mudiri

1977-1987 yy. - “Sovet O’zbekistoni san’ati” jurnali bo’lim mudiri

1987-1992 yy. - “San’at” jurnali tahririyati  bo’lim mudiri

1992-1993 yy. - “Nafosat” jurnali tahririyati a’zosi va bo’lim mudiri

1993-2003 yy. - “Guliston” jurnali tahririyati bo’lim mudiri

2003-2018 yy. - O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi ekspozisiya bo’limi boshlig’i

2018 y. - h.v. - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy tadqiqot va ekspozitsiyani loyihalash bo’limi boshlig’i