“DIOSZEGI VILMOS 100 -Turk dunyosi muzeylari paneli” xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

2023-yil 27-28-aprel kunlari Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ning raisligi doirasida Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi Etnografiya muzeyida “DIOSZEGI VILMOS 100 -Turk dunyosi muzeylari paneli” xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

Mazkur konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov ham o’z maruzasi bilan ishtirok etdi.

Ushbu konferensiya TURKSOY tashkilotiga a’zo mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro manfaatli ilmiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlashda hamda Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatini takomillashtirishda kelajakda amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlarning debochasi o’laroq xizmat qildi.