“Jadidlarning ma’rifiy faoliyati: g’oyalari, maqsadlari, vazifalari va Turkiston taraqqiyotiga qo’shgan hissasi”

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag’on qurbonlarining merosini yanada chuqur o’rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2020-yil   8-oktyabrdagi F-5598-son farmoyishi sovet mustabid tuzumi davrida nohaq qatag’on etilgan jadid taraqqiyparvarlarining xotirasini abadiylashtirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirish imkonini berdi.

       O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022 yil 20 dekabr kuni Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo’llagan Murojaatnomasida jadid taraqqiyparvarlarining hayoti va faoliyatini chuqur o’rganish va tadqiq etish to’g’risidagi da’vati bu boradagi ilmiy tadqiqot ishlarini yanada jadallashishini taqazo etadi.

        Yuqoridagi farmoyish va Prezident murojaatnomasida keltirilgan  vazifalarning ijrosi o’laroq O’zR VM huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda boshqa tashkilot va muassasalar hamkorligida 2023-yil 6-7 mart kunlari “Jadidlarning ma’rifiy faoliyati: g’oyalari, maqsadlari, vazifalari va Turkiston taraqqiyotiga qo’shgan hissasi” mavzuidagi xalqaro konferensiya o’tkazilmoqda.

         Mazkur anjuman O’zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotidagi (TDT) raisligi doirasida o’tkazilayotganligi uning nufuzini yanada oshiradi.

       Konferensiyaning birinchi kunida 6-mart 2023-yil AQSh, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog’iston, Shvesiya va Germaniya kabi mamlakatlardan kelgan  nufuzli mehmonlar Turon Axborot Kutubxona Markazi binosida kutib olindi.

       O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Jadidlar merosini o’rganishga bag’ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabriglari bilan boshlandi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov kirish so’zlari bilan davom etildi.

Konferensiyaning birinchi kuni nufuzli mehmonlar bilan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasidagi ramziy qabr olida qatag’on qurbonlarini yod etish, “Ular Germaniyada o’qigan edilar” nomli ko’rgazma va film namoyishi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozisiyasi bilan tanishish bilan yakunlandi.

📌 https://www.facebook.com/museumRepression/