Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

QODIRIYNI ANGLASH: TARIX VA BUGUN


Tadbirda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi rahbariyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi, uning milliy adabiyotimiz va ma’naviy tafakkurimiz rivojidagi o‘rni, ijodkorning murakkab tarixiy davrdagi faoliyati hamda uning boy adabiy merosini bugungi avlodga yetkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari F. Muhammadjonovaning kirish so‘zi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati V. Fayziyevaning chiqishi, shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyishi tashkil etildi.

Shuningdek, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori B. Hasanov tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruza qilinib, tadbir ishtirokchilari bilan fikr va mulohazalar almashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar muzey ekspozitsiyalari bilan tanishib, qatag‘on qurbonlari hayoti va taqdiriga oid tarixiy hujjatlar, eksponatlar hamda muzeyning ilmiy-ma’rifiy faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Yakunda xotira uchun fotosessiya tashkil etildi.

Zero, tarixni anglash — milliy xotirani asrash, o‘tmish saboqlarini kelajak avlodga yetkazish demakdir.

Scroll to Top
Skip to content