2024 yil 12 yanvar kuni muzeyda “Tilda, fikrda, ishda birlik” mavzusida ilmiy anjuman tashkil etildi.

2024 yil 12 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamkorligida “Tilda, fikrda, ishda birlik” mavzusida ilmiy anjuman tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida buyuk ma'rifatparvar bobolarimiz tomonidan olg‘a surilgan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma'rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish bilan birga, milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan intilishlar hozirgi murakkab va tahlikali zamonda, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat namunasi ekanligi alohida qayd etildi. Binobarin, jadid ma'rifatparvar bobolarimizning Vatan taraqqiyoti, millat ravnaqi yo‘lidagi sa'y-harakatlarini yanada keng tadqiq etish, jadidchilikning holati va istiqbollarini har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga kasb etadi.

“Jadid” gazetasi tahririyati, jadidchilik harakati bo‘yicha ilmiy ishlarni amalga oshirgan yosh olimlar, tadqiqotchilar va yoshlar ishtirok etgan bu ilmiy anjuman ham Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz ozodligi yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish hamda targ‘ib etish maqsadiga qaratilgan.

Anjumanda Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadidlar faoliyati, harakatning ma'rifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy sa'y-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida olim va tadqiqotchilarning ma'ruzalari tinglandi.

Jadidlarning merosi, ularning tadqiqotlari, jadidchilik harakatini tadqiq etishdagi yangi natijalar yuzasidan fikr almashildi.

📌https://www.facebook.com/museumRepression

📌http://www.instagram.com/muzeyxotira/