31-avgust – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni”

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bilan hamkorlikda 31-авгuст – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” bosh g‘oyasi ostidagi ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot ishlari rejasi doirasida “Turkiston ma’rifatparvar jadidlari: yangi siymolar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda shu nomli foto va buyumlardan iborat ko‘rgazmaning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi rahbar va xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Toshkent shahridagi kutubxonalarning mas’ul xodimlar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining serjant va ofitserlari hamda kursantlari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomli milliy kutubxona xodimlari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limlarining rahbar va xodimlari mehmonlari tinglovchi sifatida tashrif buyurdilar.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, t.f.d., professor Bahtiyor Xasanov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari, filologiya fanlari nomzodi Shuhrat Rizaev, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli shoir Abdulmajid Azimlar tomonidan Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuning ahamiyati, jadid taraqqiyparvarlarining ibratli hayot yo‘li va bebaho merosi xususida fikr bildirdilar.

Shuningdek, tadbirda ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan ustozlar Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz xotirasini tiklash, ularning faoliyati va merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Darhaqiqat, har bir millat va elatning o‘z tarixi bor. Tarix zamirida esa, milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘usi mujassam. 

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bilan hamkorlikda 31-авгuст – “Қатағон қuрбонларини ёд этиш кuни” hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” bosh g‘oyasi ostidagi ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot ishlari rejasi doirasida “Turkiston ma’rifatparvar jadidlari: yangi siymolar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda shu nomli foto va buyumlardan iborat ko‘rgazmaning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.