“Ajdodlarimiz jasorati mangu barhayot” mavzusida “uch avlod vakillari” ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Ajdodlarimiz jasorati mangu barhayot” mavzusida “uch avlod vakillari” ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

Bugun, 8-may kuni “O‘zbekgidroenergo” AJning bir guruh xodimlari va mehnat faxriylari poytaxtimizda joylashgan “Shahidlar xotirasi” xiyoboni hududidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

Qatag‘onlarni xotirlash va eʼzozlash, xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida 2002-yil 31-avgust kuni ochilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi – tarixiy-maʼnaviy muassasa “Shahidlar xotirasi” maydonining markazida joylashgan bo‘lib, maydonga ko‘rk va fayz bag‘ishlab turibdi.